Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə125/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas-
virdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish.

Vazifalar:


  • Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan vo- qealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.

  • Grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar bilan savol berish va ja-

vob berish malakalarini faollashtirish.

  • Sumalak, halim, palov, ko‘k somsani tayyorlash mavzulari bi- lan bolalar lug‘atini faollashtirish.

  • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar:


  • Bolalarning bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.

  • «Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.

  • Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.

  • Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.

Kerakli jihozlar:


«Navro‘z bayrami» surati.

Mashg‘ulotning borishi:


«Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suh- bat o‘tkaziladi.
Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz avval Navro‘z bayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Sa- xiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz Navro‘z bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.

  • Suratda qaysi bayram tasvirlangan?

  • Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi?

  • Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar?

  • Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan?

(Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikda bayramni kutib olyaptilar, bolalar varrak uchiryaptilar, karnay-surnay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyaptilar)

  • Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?

  • Sumalakni kimlar pishiryaptilar?

  • Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti?

Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foy- dalanishingiz mumkin.
Tarbiyachining namunasi.
Biz Navro‘z bayramini mahallamiz bilan birgalikda kutib oldik. Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriq- lar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalar- ni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Karnay-surnaylar
chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam- lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik.
(So‘ngra 5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi).

Tetiklashtiruvchi mashq:


So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» Yakshanba kun ertalab,
Chuchvara qilmoqchiydik. Tog‘oraga un solib, Ketidan suvni quydik.
Tuxum chaqib xamirga, Yaxshilab mushtlab oldik. Koptokcha qilib uni, O‘qlovda yoyib oldik.
Go‘shtni qiyma qilamiz, Unga piyoz qo‘shamiz. Xamirni kesib olib, Qiyma qo‘yib tugamiz. Tuzli suvni qaynatib, Chuchvarani solamiz.
Do‘stlar kelgach biz uni, Dasturxonga tortamiz.
Barcha do‘stlar kelishdi, Chuchvarani yeyishdi. Bizga rahmat deyishib, Uylariga ketishdi
Bolalarning bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish mumkin. Tez aytishni avval sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar:
Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi?
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin