Qurish-yasasho‘yinchoqlarisodda, boshqarish va foydalanish jihatdan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyum- ning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qu- rilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
turli blok - devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxi- tektura- qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qu- rilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.
Didaktiko‘yinchoqlarningasosini xalq o‘yinchoqlari tash- kil qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlanti- radi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o‘yinchoqlar bolalarning musiqa- viy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.
O‘yinchoq-ovutmachoqlarharakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti- harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tay- yorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.
O‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra: hunarmandchilik, qo‘lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlarning 3 turini ajratib ko‘rsatgan edi:tayyor o‘yinchoqlar,yarimtayyor o‘yinchoqlarva o‘yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalar- ning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.