Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə119/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

«So‘zni to‘ldir» o‘yini.


O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi boshlagan so‘zni davom ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g‘ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :


Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak? Kimning tuzgan hikoyasi sizga yoqdi?


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi nimalardan iborat?

  2. Hikoya qilishning qanday usullarini bilasiz?

  3. Bolalarni hikoya tuzishga qanday o‘rgatiladi?

  4. Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalarda bolalar nima- larni bayon qiladilar?.

  5. Bolalarni so‘z yordamida nimalarga o‘rgatiladi?

  6. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullarini o‘rgating.

7–8-§. O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish




Reja:

  1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati.

  2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari.

  3. Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli.

  4. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari.



Tayanch tushunchalar: shartli va natural ko‘rinish, sivilizatsiya, san’at vositalari, qo‘lbola o‘yinchoqlar, o‘yinchoq-ovutmachoqlar, chambarak, froniton, kolonka, tom, ark, kub, prizma, konus, pirami- da, slindr, plastinka, texnika o‘yinchoq, personaj, shaqldoq, buyumli harakat.



  1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati. O‘yinchoq – bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo‘ldosh, quvonch manbaidir. O‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.

Pedagog A.S.Makarenko, «O‘yinchoq o‘yinning «material asosi», o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi»,

  • deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko‘lamini ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta’kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiya- tini ko‘rsatib berdilar.

Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyli- gini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi.
O‘yinchoq bolalarda – ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni (mehribon- lik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy mu- nosabatni uyg‘otadi. O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va indi- vidual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv – o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.
Pedagogik talab. O‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiya- siga muvofiqligi; jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim bel- gisi hisoblanadi. O‘yinchoq bolada olijanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, voqeylikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy, axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi aha- miyatini aks ettiradi.
O‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi:
Gigiyenik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tay- yorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlarning tuzili- shi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xu- susiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.
To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq – bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xu- susiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tu- shunchalari boyib boradi.

  • O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ularni shakl- lantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alo- hida ta’kidlash lozim.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin