Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materi- allar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlik- ni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomo- nidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hiko- yaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi.
Sardorning hikoyasi:«Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qorni og‘rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Shifokor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi. Sanjarning otasi, onasi shi- fokorga tashakkur bildirdilar».
Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni opasi, singli- si bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chan- qadilar. Olxo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. Uchalasining ham qorni og‘rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlarni olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bola- lar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bo- lalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun sa- boq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo- yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi.
Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalarning ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda sveta- for uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi.
Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon- larni quvib ketishadi. Bo‘rivoy qo‘lga olindi. DAN mashinasi yetib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sak- rab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et- may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku- zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur qilishga, o‘ylashga, fikr yuritlishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir. Qurilishmateriallari: G‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot
uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi.
Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qu- rilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsim- lanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat
rasmdagi tasvirga qarab emas, o‘zlarining tasavvurlaridagi imorat- larni qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlarni qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo‘linib, «quruvchilar»ga yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh- laydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»larning yuklari bo‘lishi mumkin.
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band. Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o‘zlari qurgan binolari ha-
qidagi hikoyalari tinglanadi.