Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Surat bo‘yicha hikoya qilish. «2-sentabr – bilimlar kuni» nomli surat



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə112/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Surat bo‘yicha hikoya qilish. «2-sentabr – bilimlar kuni» nomli surat.


Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas- virdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish.

Vazifalar:


  • «Maktab», «Kuz» mavzularida lug‘atni faollashtirish.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirish- ga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

  • Bog‘lanishli nutq–hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar:


  • Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.

  • So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lishni o‘rganadilar.

  • Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok tish- ga mo‘ljallangan interfaol usullar:


  • Aqliy hujum

  • Qisqa hikoya

  • Savol- javob

  • Tetiklashtiruvchi mashqlar

  • Amaliy ishlar

Kerakli jihozlar:


«2-sentabr – bilimlar kuni» mavzusi aks ettirilgan surat.

Mashg‘ulotning borishi.


Tarbiyachi: bolalar, 2-sentabr – bilimlar kuni deb belgilangan. Hammangizni bilimlar kuni bilan tabriklayman. Bugun bizning muas- sasamizdan chiqqan bolalarimiz ilk bor maktabga qadam qo‘ydilar. O‘quvchi bo‘ldilar. Bugun, 2-sentabrdan barcha ta’lim muassasala- rida o‘qish boshlanadi. Shuning uchun bu kun «Bilimlar kuni» deb nomlanadi. Siz ham bir yildan so‘ng maktabga chiqasiz, o‘quvchi bo‘lasiz. Men sizlarni hammangizni a’lo baholarga o‘qishlaringizni, ilm- hunarli bo‘lishingizni istayman. Ilm-hunar orqali inson ko‘p nar- salarni bilib oladi.
Mana bu suratga qarang. Savollar:

  1. Bu suratni qanday nomlash mumkin? Nom o‘ylab toping.

  2. Kimning nomlagani to‘g‘riroq, qiziqarliroq deb o‘ylaysiz?

  3. Nima uchun bu bolalarni bog‘chaga emas, maktabga kelyap- tilar deb o‘ylayapsiz? (o‘quvchilar kiyimini kiyishgan, papka olib ketyaptilar)

  4. Maktab deganda qayerni tushunasiz? Maktabda bolalar nima qila- dilar? (Maktab- bolalarga bilim beruvchi o‘quv tarbiya maskani)

  5. Maktabga kelayotgan bolalarni kimlar deyish mumkin? (o‘quvchilar, maktab bolalari)

  6. O‘quvchilarning papkalarida nimalar bor? (daftarlar, kitob- lar, qalamdon, ruchka).

  7. Bu narsalarning hammasini birgalikda qanday aytish mum- kin? (o‘quv qurollari)

  8. Ularni qanday asrab- avaylash zarur?

  9. Kitob - o‘quvchilarning eng aziz do‘sti, ular bolalarga bi- lim beradi. Kitob haqida qanday topishmoqlar yoki hikmat-

li so‘zlarni bilasiz? (A.Navoiy «Olamda kitobdan aziz do‘st yo‘qdir», «Qat-qat qatlama, aqling bo‘lsa tashlama», «Kito- bim-oftobim»).

  1. Suratda kimlarni ko‘ryapsiz?

  2. Bolalar gullarni kimlarga taqdim etyaptilar?

  3. Ilk bor maktabga chiqayotgan bolalar ota-onalari bilan chiq- yaptilar, ko‘ryapsizlarmi? Nima uchun shunday deb o‘ylaysiz?

  4. Qizchaning qo‘lida nima bor?

  5. To‘g‘ri, qizchaning qo‘lida qo‘ng‘iroqcha bor. Siz ham mak- tabga chiqqaningizda maktabda 1-qo‘ng‘iroq chalinadi. 1-qo‘ng‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo‘lib qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umr yodda saqlaysiz.


Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin