Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə108/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foy- dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ularning bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu- tilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalar- ning biror mavzuda tashkil etilgan o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri- tilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.

  1. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi. Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de- vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor- di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).

Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap- lar – «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar – «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar –
«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy- lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal- lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl- lantirishga doir ishlarning asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplarni tu- zish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xur- sand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifo- dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didak- tik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shakl- lantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, katta- lar, hayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu- rayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birik- masini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi bola?» – «o‘qiyotgan bola».
Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ular- dan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bo- lalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ular- ning ayrim sifatdoshlarni esda saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ularni o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin