Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə105/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

2. Mashg‘ulotlarda aqliy tarbiya usullari. Pedagogika, psi- xologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni, ikkin- chi tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘rayish bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun ke- rakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarni egallab olishi, aqliy faolligini rivoj- lantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab olishi maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorla- nishda manba bo‘lib, xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:

  1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

  2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.

  3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, sinchkovligini rivojlantirish va shular aso- sida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.

  4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa pred- metlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.

O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvon- lar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bo- lalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tar- biyachi bolalar bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mum- kin. Bular quyidagilar:
«Sen ta’rifla, men topaman».


Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin