Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə113/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy):
Hozir mana shu surat bo‘yicha hikoya tuzamiz.
Bolalar avval o‘quvchi-bolalar maktabga kelgunlariga qadar ular nima qilganliklari haqida, keyin suratda ko‘rayotganlari haqida so‘zlab beradilar (5–6 ta bola hikoya qilishga chaqiriladi).
Agar bolalar surat tasviridan oldingi voqealarni o‘ylab topishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan namuna- sini beradi. Masalan: quyoshli sentabr kunlarining birida o‘g‘il va qiz bolalar maktabga borishga tayyorlanishdi. Kechqurun ular pap- ka va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘yishdi. Salim erta turdi. Uning oldiga o‘rtog‘i Nodir keldi va ular tanish yo‘ldan maktabga ketdilar (keyin bolalar suratda tasvirlangan voqealar haqida so‘zlab beradi- lar). Tarbiyachi hikoyaning tugallanganligini nazorat qilib turadi.
5–6 ta bolalarning hikoyalari tinglanadi.
Tarbiyachi: Bolalar siz maktabga borishni xohlaysizmi?
Qani, «Men maktabga boraman», degan gapni maktabga borishni xohlayotganingizni va xursandligingizni bildiradigan holatda ayting- chi (5–6 ta bolalardan so‘raladi). Mashg‘ulot bolalarni rag‘batlantirish bilan yakunlanadi.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :


  • 2-sentabr qanday kun?

  • Kitob haqida qanday topishmoq, hikmatli so‘zlarni bilasiz?

  • Kimning hikoyasi sizga yoqdi? Nima uchun?
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Suratlar orqali suhbatlar o‘tkazish usullarini ayting.

  2. K. D. Ushinskiy tarbiyachining bolalarga suratlar kо‘rsatish

va ularning mazmunini gapirib berishni qanday baholaydi?

  1. Suratlarni kо‘rib chiqish natijasida bolalar nimalarni о‘zlash-

tirishlari lozim?

  1. Suratlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni so‘zla- shuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish haqida nimalarni bilasiz?

  2. Bolalar surat tasviridan oldingi voqealarni o‘ylab topishga qiynalsalar, tarbiyachi qanday yo‘l tutishi lozim?

        1. Yüklə 3,88 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin