§. Suratlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar
Reja:
Suratlar orqali suhbat o‘tkazish usullari.
Suratlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish.
Tayanch tushunchalar: mushukchalar, ip kalavasi, panja, mо‘ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, mi- yovlaydi, xirillaydi, perron, vokzal, relslar, bekat, yо‘lovchilar vago- ni, yuk vagoni, pristan, paluba likopcha, kosa, chinni lagan, qoshiq- cha, ushlab turibdi, salfetka pat, toj, baqbaqa, panjai.
Suratlar orqali suhbat o‘tkazish usullari. Bolalarni tevarak- atrofdagi narsa va hodisalar, ijtimoiy hayot hodisalari bilan ta- nishtirishda, ular lug‘atini kengaytirishda suratlar muhim ahamiyatga ega. Suratlardan lug‘at ishining barcha vazifalarini hal etishda foy- dalaniladi. Bu mashg‘ulot turida tarbiyachining nutqi, ya’ni uning tu- shuntirishi, yangi sо‘zlarni aytishi, bolalarga ma’lum bо‘lgan sо‘zlar bilan yangi sо‘zlarning ma’nosini taqqoslashi va hokazolar asosiy о‘rin egallaydi. Buning natijasida bolalarning lug‘ati boyib boradi, ular suratdagi tasvirlarni kо‘rishga va tushunishga о‘rganadilar. Bi- roq tarbiyachi suratdagi tasvirlar haqida gapirib berish jarayonida bo- lalarga murojaat etadi, ularga ma’lum bolgan sо‘zlarni faollashtirish usulidan foydalanadi. Tarbiyachi suratlardan bolalar kuzatishi lozim bо‘lmagan obyekt, ya’ni narsa va buyum, hodisalar, hayvonlar qush- lar va о‘simliklar, ayrim tabiat manzaralarining aynan о‘zini kо‘rsata olish imkoni bо‘lmagan hollardagina foydalanadi. Masalan, yovvoyi hayvonlar, ularning belgilari, ayrim uy hayvonlari (sigir buzog‘i bi- lan, tuya bо‘talog‘i bilan, eshak xо‘tigi bilan va hokazolarni), shahar va qishloq hayoti, kishilar faoliyati va hokazolar bilan tanishtirishda suratlardan keng foydalaniladi. Shahar maktabgacha ta’lim muassa- salarining bolalari surat orqali qishloq hayoti bilan tanishganlarida ular dehqonlarning mehnati bilan bog‘liq bо‘lgan xirmon, paxtakor, paxtazor, paxta terish mashinasi, zangori kema, bunker, jо‘yak,
egat kabi sо‘zlarni bilib oladilar. Qishloq maktabgacha ta’lim muas- sasalaridagi bolalar esa suratlar yordamida shahar hayoti bilan tani- shadilar va bekat, shohkо‘cha, chorraha, haykal, yodgorliklar, sve- tofor kabi sо‘zlar va ularning ma’nosini bilib oladilar. Shuningdek, suratlardan bolalarni sayohatda, sayrda kuzatganlari yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Bolalar hayotda kо‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalarni suratda kо‘rib, tez bilib oladilar va tushunadilar, bevosita kuzatish vaqtida aniqlay olmagan, kо‘rish imkoni bо‘lmagan belgi- larni, qismlarni bilib oladilar. Masalan, uy hayvonlarini, qushlarni, transport vositalarini va boshqalarni kuzatganda kо‘p narsalar bolalar uchun noaniq bо‘ladi. Aytaylik, bolalar maqsadli sayrga chiqqanla- rida tovuqlarni kuzatadilar. Mana shu kuzatishda bolalar xо‘rozning baqbaqasini, tojini yoki oyoqlaridagi panjalarini, panjalaridagi tir- noqlarini sezmay qolishlari mumkin. Suratda esa bu aniq tasvirlan- gan bо‘lib, bolalar xо‘rozning tashqi tuzilishini tasvirlashganda bu ularning diqqat markazida turadi va pat, toj, baqbaqa, panjalari kabi sо‘zlar bilan lug‘atlari yanada boyiydi. Suratda tasvirlangan narsani tо‘g‘ri tushunish fikrlash mas’uli bо‘lib hisoblanadi. Bolalar surat yu- zasidan yuritgan fikrlarini, hosil qilgan tushunchalarini, taassurotlari- ni sо‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. Suratda tasvirlangan narsa va buyumlarni, hodisalarning nomlarini, ularning belgilarini, sifat va xossalarini sо‘z bilan ifodalaydilar, sayr va sayohatda kо‘rgan narsa- lari bilan taqqoslaydilar, suratdagi tasvirlar haqida gapirib beradilar.
«Suratlar kо‘rsatish va ularning mazmunini gapirib berish tar- biyachining bolalarga yaqinlashuvida eng yaxshi vositadir», - deb kо‘rgazmali ishni yuqori baholaydi K.D.Ushinskiy. Suratlarni kо‘zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotlari har oyda bir marta rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun mashg‘ulotlarda foydalaniladigan suratlar maxsus nashr etiladi. Y.G.Baturinaning «Biz о‘ynayapmiz», «Avtobusda ketyapmiz», «Uy quryapmiz» «О‘rtog‘imizga kо‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqar- yapmiz», «Chana uchyapmiz» suratlari, O.I.Solovyovaning «Bizning Tanya», «Tanyaning kabutarlari», «Kimning qayiqchasi?», «Yozda» suratlari, S.A. Veretennikovaning «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari
bilan», «Quyonlar», «Echki bolalari bilan», «Ot toychog‘i bilan»,
«Qо‘ylar qо‘zichoqlari bilan», «Tovuqlar» suratlari shular jumlasiga kiradi. Ushbu suratlar bо‘yicha mashg‘ulotda bolalar likopcha, kosa, chinni lagan, qoshiqcha, yeyapti, artyapti, ushlab turibdi, salfetka sо‘zlarini bilib olishadi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ar- cha bayrami», «Bolalar tovuq, jо‘jalarni boqishyapti», «Tipratikan- lar», «Quyonlar», «Olmaxonlar», «Tulki», «Bо‘rilar», «Oq ayiqlar»,
«Arslonlar», «Yo‘lbarslar», «Fillar», «Maymunlar» nomli rasmlari,
L.A. Penevskaya, Y.I. Radinaning «Buvimnikiga – mehmonga», «Shar uchdi», «8 Mart bayramiga onamga sovg‘a», «Maktabda», «Ishga»,
«Shahar kо‘chasi», «Anhorda», «Aziz mehmonlar» nomli suratlari, bulardan tashqari, qishloq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun F.F.Sovetkin va V.I.Chistyakovning «Bolalar bog‘chasi», «Oila», «Hov- li», «Qishloq kо‘chasi», «Anhorga» nomli suratlari, O.I.Solovyova va O.A.Frolovaning «Qadrdon dalalar», «Qishloqda bolalar bog‘chasi»,
«Qishloq otxonasida», «Qishloq bog‘ida» va boshqa suratlar.
Bolalar о‘z lug‘atlarini transport turlarini tasvirlovchi suratlarni kо‘rib chiqish («Hayajonli uchrashuv» , «Buvimnikiga–mehmonga»,
«Vokzalda» va boshqalar) va u haqdagi suhbat mashg‘ulotlari orqali boyitib boradilar. Ular bilan tanishish orqali bolalar uchun perron, vokzal, relslar, bekat, yо‘lovchilar vagoni, yuk vagoni, pristan, pa- luba kabi sо‘zlar tushunarli bо‘ladi. Suratlar bо‘yicha о‘tkaziladigan mashg‘ulot tarbiyachidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Tarbiyachi surat bо‘yicha о‘tkaziladigan mashg‘ulotga tayyorgarlik kо‘rar ekan, u avvalo, surat mazmuni bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak. Sо‘ng suratlarni kо‘rib chiqish natijasida bolalar nimalarni о‘zlashtirishlari lozimiligini, qaysi yangi sо‘zlarni esda saqlashlarini va uning mazmuni- ni tushunib olishlarini, suratlarni kо‘rib chiqishdagi izchillikni, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollarni о‘ziga belgilab qо‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bо‘lishi, bola- lar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich – oddiy xulosalar chiqara olishni о‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi su- ratlar bо‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni о‘ylab qо‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: |