Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda»



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə118/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda». Maqsad: Tarbiyachining rejasi, namuna hikoyasi asosida shax-
siy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.

Vazifalar:


  • Amaliy mashqlar orqali boshlangan so‘zni to‘ldirish. Mu- shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo.

  • Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga

o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:


  • Tarbiyachining rejasi, hikoya namunasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rganadilar.

  • Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga

o‘rganadilar.

Kerakli jihozlar:


  • Mavzuga oid rasmlar.

Mashg‘ulotning borishi.


  1. Bolalar, siz oyingiz yoki buvingiz bilan mehmonga borganmisiz?

  2. Mehmonga borishdan avval qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Mehmonda bolalar o‘zini qanday tutish kerak?

Savol-javobdan so‘ng tarbiyachi: Bolalar, hozir «Mehmonda» mav- zusida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Tarbiyachi reja beradi.

  1. Mehmonga qachon, qayerga, kim bilan bordingiz?

  2. U yerda kimlarni ko‘rdingiz?

  3. Qanday o‘ynadingiz?

  4. Mehmonda yana nimalar bilan shug‘ullandingiz? Tarbiyachi hikoya namunasini berishi mumkin.

Bir kuni buvim meni xolamnikiga mehmonga olib boradigan bo‘ldilar. Men darrov yuvinib, kiyinib oldim. Buvim bilan yo‘lga tushdik. Xolamning uylariga kirishimiz bilan kattalarga salom berdim. Oyoq kiyimimni bir chekkaga yechdim. Buvimning kovushlarini ham chetroqqa olib qo‘ydim. Xolamning qizlari bilan mehmon-mehmon o‘ynadik. Keyin oshxonada xolamga yordam berdik, yuvilgan idish- larni artib turdik. Xolam xursand bo‘ldilar. Uyga ketayotganimizda
«Yana kelganingizda, albatta, Nilufarni olib keling», dedilar.
5–6 ta bolalar javoblari tinglanadi. Tetiklashtiruvchi mashq.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin