Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. Bo- lalar hayotda kо‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalarni kuzatish orqali ularni suhbatga o‘rgatish. Bolalar turli mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala- rini, taassurotlarini sо‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» «О‘rtog‘imizga kо‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyap- miz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda»,
«Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bо‘yicha o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar yangi so‘zlarni bilib olishadi. Suhbatlar nati- jasida bolalar nimalarni о‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi sо‘zlarni esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollarni tarbiyachi о‘ziga belgilab qо‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bо‘lishi, bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritish- ni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni о‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi mavzular bо‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni о‘ylab qо‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hiko- yalar ham tanlashi kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suhbati о‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk о‘z bolalari bilan» nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nima- lar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. Sо‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvir- langan suratni olib keldim» – deb suratni ularga ko‘rinarli joyga ilib qо‘yadi va bolalar uni yaxshilab kо‘rib olishlari uchun 1–2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab kо‘rib olishgach, tarbiya- chi unda tasvirlanganlar bо‘yicha savollar bera boshlaydi. Savol- lar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkin-
chi kichik guruhlarda ushbu surat bо‘yicha mashg‘ulot о‘tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, tashqi kо‘rinishi, harakati, ovqatni qan- day yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bо‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni kо‘rsatib shunday savollar beradi: Su- ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qan- day rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni- madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan о‘ynayotgan mushuk bolasini kо‘rsatib: Bu mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima о‘ynayapti? Ip kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni kо‘rib chiqish vaqtida bo- lalar diqqati ayrim detallarga yо‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning pan- jalarida ninasi kо‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa- vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar ja- vob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining о‘zi gapirib beradi: «Mana bu ona mushuk – Mosh». Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk- chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang- dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha kо‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib о‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va
«xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yan- gi sо‘zlar izohlab beriladi, qiyin sо‘zlar jо‘r bо‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina qumg‘on, о‘tirib kо‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning
«Mushuk» she’rini):
Mushugim deydi: miyov, Sichqon doim menga yov! Shuning uchun qо‘ymayman, Qancha yemay tо‘ymayman.
yoki qisqa hikoya о‘qib berish bilan (Habib Pо‘latovning «Mosh hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mо‘ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu- rillaydi va boshqa so‘zlarni kiritadi.