Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə102/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar





  1. Bolаning ijtimoiy shаxs sifаtidа shаkllаnishidа maktabgacha

ta’lim muassasalarining roli nimalardan iborat?

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari?

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishlariga ko‘ra qan- day turlarga bo‘linadi?

  3. Bolalarga ona tilini o‘qitish qanday jarayon hisoblahadi?

  4. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi haqida nimalarni bilasiz?
      1. §. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy vazifalari




Reja:

  1. Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtirsh.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning maz- muni va metodlari.



Tayanch tushunchalar: sharqona turmush, shaxs-oila-mahalla, rivojlantirish, texnoligiya, vazifa, axloqiy tarbiya, tarbiya mazmuni, tarbiya metodi.



  1. Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtirsh. Bo- lani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan mulo- qoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosida- gina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi – til orqaligina berish mumkin. Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ular nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tar- biya muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: – bolalarga nutqiy mu- loqotning muhim shakli – og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga mu- vofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyat- larini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish.

Uch oylikdan boshlab talaffuz jihatidan boy bo‘lgan asarlardan foydalanish tavsiya etiladi. 3 oylikdan boshlab 6 oylikkacha ovoz xirgoyisiga ega bo‘lgan – xalq cholg‘u asboblariga taqlid qilinadi- gan («taka-tum-bak», «dili-bom, tili-bom» va boshq.) asarlar foy- dali. Ular bolaning ovoz imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bolada chuldirash paydo bo‘lishi bilan (5–6 oy) chuldirashga ohangdosh bo‘lgan, bir necha marta takrorlanadigan va ovoz bilan ifodalanadi- gan bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan his-hayajonli qisqa iboralar va ay-
tishuvlardan foydalangan ma’qul. 9 oylikdan boshlab bolaga tanish bo‘lgan, u «o‘rgangan» vaziyatlarga tayangan holda nutqiy taqlid va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 12 oylikdan boshlab kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari (bekinmachoq va h.) asosida nutqiy muloqotga kirishishga, jaranglayotgan matnga mos ravishda harakatlar bajarishga undash lozim. Bola hayotining ikkinchi yili. Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim oddiy topshiriqlarni (o‘yinchoqni, etiklarni, paltoni keltirish; qizil o‘yinchoqlarini ko‘rsatish) bajarishga undash, buyumlar, kiyim- boshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalarning nomlari hamda ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi savollarga javob berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin