Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qad- riyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalar- ning jismonan baquvvat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, udda- buron bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojla- nishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
4.Bolalarlug‘atiniboyitishdata’limiyo‘yinlarnitanlash,o‘tkazishvatahlilqilish. Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasala- rida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf- odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbi- yalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihoz- lar, atributlar) yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.
Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1–2 yoshli bolalarbilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Barmoqqa- barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy»,
«Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.