Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


–25-§. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə96/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

24–25-§. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlar




Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati.

  2. Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o‘yinlarning turlari.

  3. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar.

  4. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish.



Tayanch tushunchalar: ta’limiy o‘yinlar, ko‘rgazmali material, didaktik o‘yinlar, qoidali-harakatli o‘yinlar, stol-bosma o‘yinlar. Og‘zaki so‘zli o‘yinlari, o‘yin tempi va ritmi, sensor madaniyati.


1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati. Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bo- lalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligi- dir. o‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etish- ga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jara- yoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi.
Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda gu- ruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:

  1. Navbatma-navbat ta’sir etish.

  2. So‘ralganda javob berish.

  3. O‘rtoqlari fikrini eshita olish.

  4. O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.

  5. O‘yin qoidasini bajarish.

  6. O‘z xatosini tan olish.

Ta’limiy o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Ta’limiy o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari.
Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bi- lish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol-bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvur- larini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin