3–4yoshlibolalarbilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Ot o‘yin»,
«Ko‘z boylagich», «Chori chambar», «Avval akam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi»,
«Uchdi-uchdi».
4–5yoshlibolalarbilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin»,
«Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko‘k terak». Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakl- lanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlana- di, hozirjavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.
Mustaqil ish
Jadvalni to‘ldiring. Qaysi o‘yinlar bolalarni mehr, shafqat va sadoqatga o‘rgatadi? Nomlarini yozing
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Xulosa:
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vata- nini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz
meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish tuyg‘ulari, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamli- lik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.