Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə94/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mashg‘ulotning borishi:


Tarbiyachi bolalarning tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi.
Tovushlarni nima qilamiz?
(tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz)
Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: nutq tovushlari 2 xil bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar, tovushlarni ay- tamiz, eshitamiz.
Bugun biz «O» unli tovushi bilan tanishamiz.
«O» tovushini talaffuz etganimizda quyidagi holat yuz beradi: Lablar aylana shaklida (dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi,
tishlar dumaloqlangan lablar bilan berkiladi, til ildizi bir oz yuqori- ga ko‘tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib ketadi, tovush boylamlari bog‘langan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil bo‘ladi.
Unli tovushlar to‘siqqa uchramaydi, cho‘ziq aytiladi. Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz (qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi). Ku- biklarning (tarbiyachi kubikni ko‘rsatadi) bir tomoniga labning ochiq
holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o‘ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yo- pishtirilib, qolgan tomonlarda harflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak, bu kubikdagi harflar unli harflar bo‘ladi. Mana qarang, kubikning bir to- moniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «O» harfi yopishtirilgan. Demak, «O» harfi unli tovush ekanligini bildiradi. Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo‘yiladi (qo‘y, echki, sigir, buzoq, ot) va quyidagicha suhbat orqali ot so‘zi ajratib olinadi.

  • Uy hayvonlari nomini ayting. (qo‘y, echki, sigir, ot)

Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi?
(chunki ularni uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi)
Shu hayvonlarning qaysi biri nomida «O» tovushi bor? Aytib ko‘rib aniqlang-chi? (tarbiyachi o‘zi aytib yordam beradi: o-o-o t.)
(Ot so‘zida «O» tovushi bor).
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin