Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolаlаrni to‘g‘ri tаlаffuzgа o‘rgаtishning аsosiy vаzifаlаri



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə90/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bolаlаrni to‘g‘ri tаlаffuzgа o‘rgаtishning аsosiy vаzifаlаri. Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (to- vush – bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh- dagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligi- ning muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr- ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti- rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar-
ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda,
ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn- ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat- lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke- lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn- ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili- yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani- shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta- lab qiladi.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin