Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə86/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mashg‘ulot:


Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalar- ning sifati va xususiyati bilan tanishtirish.
Maqsad: Tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning xilma-xil sifatlarini («tiniq», «xira», «qattiq») aytishni o‘rgatish. Ravon nutqini o‘stirish, lug‘atlarini «tiniq», «xira», «qattiq» so‘zlari bilan boyitish va faollashtirish. Bolalar diqqatini «tiniq», «xira» so‘ziga qaratish.
Mashg‘ulot uchun material: Shakli, kattaligi bir xilda bo‘lgan ikkita stakan, ammo biri shisha (tiniq), ikkinchisi qog‘oz (xira) stakan bo‘lishi kerak. Bolalar soniga yetarli (tiniq) shishali buyumlar (stakan, banka, butilka, ryumka, fujer va hokazo).
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotni topishmoqli o‘yin bilan boshlaydi. Bolalarga ikkita stakanni ko‘rsatib: Bular nima?
Ular nimadan yasalgan? deb so‘raydi. So‘ngra tarbiyachi stakanlar- ning ichiga biror narsani (bir bo‘lak oq qand yoki konfet, sharcha va hokazo) soladi va bolalardan uning ichida nima borligini topishni ay- tadi. Bolalar juda yengillik bilan tiniq stakanda nima borligini topadi- lar, ammo xira (tiniq bo‘lmagan) qog‘oz stakan ichida nima borligini taxminlab (tavakkal qilib, tusmollab) aytadilar. Ular qog‘oz stakan ichida nima borligini to‘g‘ri topa olmaydilar. O‘yin ikki-uch marta takrorlangach, tarbiyachi bolalardan tiniq stakanni ko‘rsatib: nima uchun bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini tez topdingiz? ak- sincha tiniq bo‘lmagan qog‘oz stakanni ko‘rsatib: bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini topishda qiynaldingiz? deb so‘raydi.
Bolalar bunday savolga quyidagicha javob berishadi: Chunki shi- sha stakan tiniq, bunisi esa xira (tiniq emas). Shisha stakan ichidagi narsa ko‘rinib turibdi. Qog‘oz stakan ichida qanday narsa borligi ko‘rinmaydi.
Bolalarning javoblaridan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ular narsa- ning asosiy belgisini ajrata oldilar, shuning uchun narsaning sifatini bildiruvchi so‘zni bolalar lug‘atiga kiritish kerak.
So‘ngra tarbiyachi bolalarga yana murojaat etadi «Bu stakan ichi- dagi narsa ko‘rinib turadi, u tiniq. Bu stakan esa tiniq emas, shuning uchun uning ichidagi narsa ko‘rinmaydi». Keyin ikki-uch bolaga ti- niq, xira (tiniq bo‘lmagan) stakanlarni ko‘rsatishni taklif etadi.
Mashg‘ulotning keyingi qismida tarbiyachi bolalarga shishali nar- salarni tarqatib chiqadi (stakan, banka va bankachalar, butilka va bu- tilkachalar, shishali guldon va hokazo).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin