Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Tarbiyachi: Bolalar, biz bog‘cha hovlisiga qanaqa gullarni o‘tqazdik? Kim qanday gul ko‘chati olib kelgan edi? Bolalar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə83/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Tarbiyachi: Bolalar, biz bog‘cha hovlisiga qanaqa gullarni o‘tqazdik? Kim qanday gul ko‘chati olib kelgan edi?
Bolalar: Biz atirgul, ra’no gul, lola, gulsafsar, karnaygul, xrizan- temalarni o‘tqazdik.
Lola: Men atirgul olib keldim.
Zahro: Men ra’no guli ko‘chatini olib keldim. Mehriniso: Men xrizantema ko‘chatini keltirdim. Bahrom: Men lola guli piyozini olib keldim.
Tarbiyachi: Kimning guli qayerda o‘sayotganini qanday qilib bilib olasiz?
Lola: Gullarimiz ochilganda bilib olamiz. Tarbiyachi: Ularni kim parvarish qiladi? Bolalar: Hammamiz parvarish qilamiz.
Shoxruh: Bog‘bon bobomiz parvarish qiladilar.
Tarbiyachi: Bolalar, biz parvarish qilamizmi, bog‘bon bobomizmi?
Gulnoza: Bog‘bon bobomiz keksalar. Biz u kishiga gullar parva- rishida yordam qilishimiz kerak.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bu gullarni biz o‘tqazdik, endi ularning par- varishiga ham yordam beramiz. Ayting-chi, gullar qanday parvarish qilinadi?
Shoxsanam: Suv quyamiz.
Lola: Tagini yumshatib, chopiq qilamiz.
Gulnoza: O‘tlardan tozalaymiz.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri javob berdingiz. Orangizda o‘sayotgan gullarni payhon qilib tashlaydigan bolalar ham bormi?
Nosir: Yo‘q, biz unday bolalarni gulzorimizga qo‘ymaymiz.
Lola: Gullarni yulib bo‘lmaydi, deb tushuntiramiz.
Tarbiyachi: Juda yaxshi aytdingiz. Gullarni payhon qilib bo‘lmaydi. Har bir bola bittadan gul uzaversa, nima bo‘ladi? Gullarni yulib ham bo‘lmaydi. Chunki, ular hayotimizni yanada go‘zal qiladi.
Lola: Hayotni go‘zal qiladi, degani nima degani?
Tarbiyachi: Gulzorda hamma gullar ochilganda, bog‘cha hovlisi chiroyli bo‘lib ketadi. Bundan hammamiz quvonamiz. Bog‘chaga bor- gimiz kelaveradi. Kayfiyatimiz ko‘tariladi. Hamma yugurib-yelib ish qilgisi keladi. Ana shularning barchasi hayotning go‘zalligini anglatadi.
Sarvar: Demak, xonamizdagi gullarni ham parvarish qilsak, ular- ni ko‘paytirsak, xonamiz ham chiroyli va go‘zal bo‘ladi.
Sevara: Bog‘chamiz shinam bo‘ladi, biz quvonamiz. Har kuni bog‘chamizga, guruhimizga kelgimiz kelaveradi.
Bolalar guruhi bilan suhbat uyushtirilganda, suhbat uchun ular- ning kundalik turmushida uchraydigan transport turlari tanlandi. Suh- bat quyidagi savollar asosida olib borildi:

  1. Odamlar bir-birlarinikiga, ishga, o‘qishga nimada boradilar? (yengil avtomobil, avtobus).

  2. Quruqlikda yuradigan qanday transport turlarini bilasiz? (av- tobus, poyezd, yuk mashinalari, yengil mashinalar).

  3. Suvda qanday transport turlari yuradi? (paraxod, qayiq, kater, suv osti kemalari).

  4. Havoda-chi? (samolyot, vertolyot, raketa, kosmik kema).

Suhbat jarayonida bolalarning mavzudan chalg‘ib ketish hollari ham bo‘lib turadi. Shuning uchun yo‘naltiruvchi savollardan ham foydalanildi. Bu xildagi suhbatlarda, albatta, bolalarning barchasi qatnashishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi guruh bilan navbatdagi suhbat sayrga chiqish jara- yonida olib boriladi. Sayrga ota-onalardan 2 kishi hamrohlik qilishi mumkin. Tarbiyachining maxsus maslahatidan so‘ng 2 ta kichik gu- ruhda suhbat qilinadi.
Sayr «Bog‘chadan shahar markaziga sayohat» deb ataladi. Bolalar sayrga avtobusda ketadilar.
Yo‘lda suhbat quyidagicha davom etadi:

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin