Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Razzoq: Biz dadam, oyim bilan Mustaqillik bayramida metroga tushib, buvimni ko‘rgani bordik. O‘shanda uning tokda yurishini bilib oldim. Tarbiyachi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə85/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Razzoq: Biz dadam, oyim bilan Mustaqillik bayramida metroga tushib, buvimni ko‘rgani bordik. O‘shanda uning tokda yurishini bilib oldim.
Tarbiyachi: Juda yaxshi. Biz ham bugun Mustaqillik maydonini tomosha qilamiz. Buning uchun metro hamda avtobusga chiqamiz, ma’qulmi, bolalar?
Bunday suhbatlar bolalarning kundalik faoliyatida, sayru sayohat- larda samarali natija berishi shubhasizdir. Buning uchun tarbiyachi ana shu suhbatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi, savollar, tushunti- rishlar, xulosalarni rejalashtirishi talab etiladi. Chunki savollar bo- lalarning javob berishini taqozo qiladi, o‘ylashga o‘rgatadi - dialog esa bolalar nutqini to‘g‘ri shakllantiradi. Bunga o‘rgatish uchun o‘yinlar yoki «vaziyatlar» yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada bo- lalarning o‘zlari ham savollar berishga, izlanishga o‘rganadilar.
«Telefon», «Tez yordam» kabi o‘yinlar bolalarda katta qiziqish uyg‘otishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi o‘yinchoq telefonni olib Salimaga murojaat qiladi:

  • Salima, buvinglar seni so‘rayaptilar, buvijoning bilan so‘rashgin, hol-ahvolini bilgin.

Salima telefonni olib, «buvisi» bilan so‘zlashadi:

  • Assalomu alaykum, buvijon! Yaxshimisiz, sog‘ligingiz qanday?

– . . .

  • Ha, ha, bizlar salomatmiz, oyimlar, dadamlar ham.

– . . .

  • Ha, ha, ular sizga salom aytishyapti, Dilshod akam ham, So- hiba opam ham.

– . . .

  • Xo‘p bo‘ladi, ularni xafa qilmaymiz. Dam olish kuni sizni ko‘rgani boramiz.

– . . .

  • Rahmat, buvijon, siz ham sog‘ bo‘ling, kasal bo‘lmang.

Tarbiyachi: Salima telefonda juda yaxshi so‘zlashdi. Odobi, shi- rin so‘zlari, mehribonligi bilan buvisini xursand qildi.
Qani, kim telefonda «buvi» bo‘ladi, u Salima bilan gaplashadi va suhbatni to‘ldiradi?
Rahima: Men «buvi» bo‘laman.
6 yoshli bolalar zukko bo‘ladi. Rahima suhbatni qanday bo‘lsa, shundayligicha eslab qoladi.
– . . .

  • Sog‘lig‘im yaxshi, qizim, o‘zinglar sog‘-salomatmisizlar? Oying bilan dadanglar yaxshi yurishibdimi? Ularning sog‘lig‘i qanday?

– . . .

  • Dilshod akang, Sohiba opangning ham sog‘lig‘i yaxshimi?

– . . .

  • Yaxshi, rahmat. Oying bilan dadanglarni xafa qilmanglar, men sizlarni sog‘indim qachon kelasizlar?

– . . .

  • Rahmat, men sizlarni kutaman. Shirin kulchalar yopib qo‘yaman, oppog‘im.

Bunday o‘yin-mashg‘ulotlar, rolli o‘yin-suhbatlar bolalarda, bir tomondan, nutq madaniyatini tarbiyalaydi, ikkinchi tomondan, so‘z zaxirasini boyitadi.
Bolalar bilan yoz, kuz, qish, bahor oylarida tarbiyachi sayru sayo- hatlarda bolalarning javob berishinigina talab qilmasdan, ularni savol berishga ham o‘rgatishi zarur. Chunki savollar izchillikni saqlash, mantiqqa rioya qilish, nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sayrlarda bolalar bilan birga didaktik o‘yinlar o‘ynash ularni fikr- lashga, tasavvurlarini kengaytirishga yo‘llaydi.
Masalan, «Qaysi fasl qanday o‘tadi?» savoliga bolalar:

  • Qish sovuq, qor yog‘adi.

  • Yoz issiq, quyosh charaqlaydi, jazirama bo‘ladi.

  • Kuz salqin, yomg‘ir yog‘adi, Qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar.

  • Bahor iliq, yomg‘ir yog‘adi, shamol esadi, issiq o‘lkalarga ket- gan qaldirg‘och, bulbul, ko‘k qarg‘a kabi qushlar qaytib keladilar.

  • Ariq va suv bo‘ylarida qurbaqalar qurillaydi.

  • Kuzda daraxtlarning barglari sarg‘ayadi.

  • Bahorda hamma yoq yam-yashil bo‘ladi.

Yozda ariqlarda cho‘milamiz kabi javob berishlari mumkin. Yoki shunday savollar ham berish mumkin:
«Qanday mevalar sariq rangda bo‘ladi?»

  • Olma.

  • Limon.

  • O‘rik.

  • Sariq gilos.

«Yovvoyi hayvonlarning nomini ayting».

  • Ayiq.

  • Sher.

  • Bo‘ri.

  • Tulki.

  • Yo‘lbars.

Tarbiyachi ikkita o‘xshash so‘z aytadi. Bolalar uchinchi o‘xshash so‘zni topadilar. Uchinchisi nima?

  • archa, tol, . . . terak;

  • lola, binafsha, . . . chuchmoma;

  • chumchuq, qarg‘a, . . . kaptar.

Bu o‘yinlar bolalarni hayvonlarni bir-biridan ajrata olishga, o‘simliklarni farqlashga, tez va aniq so‘zlashga o‘rgatadi.
Sayr-sayohatlardagi suhbatlardan maqsad, bir tomondan, bolalarni tevarak-atrof, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularda mavsumiy o‘zgarishlarning yuz berishi bi- lan bog‘liq nutqini shakllantirish hamdir.
Sayohatga tayyorgarlik jarayonida bolalarga mavsumiy kiyinish va ayni paytdagi faslga xos xususiyatlar haqida ma’lumot beriladi.
Sayohat davomida tarbiyachi bolalarga dov-daraxtlardagi o‘zgarishni kuzatish vazifasini topshiradi. Buning uchun quyidagicha savollar bilan murojaat qilish mumkin:

  • Bahorda va yozda (kuz va qishda) daraxtlarning bargi qanday rangda edi?

  • Hozir daraxtlarning bargi qanday tus olibdi?

  • O‘t-o‘lanlarning rangi-chi?

  • Daraxtlardagi mevalar qaysi faslda pishadi?

  • Kapalaklar bahordagidan, yozdagidan ko‘pmi, ozmi?

  • Kuz fasli nimasi bilan go‘zal?

  • Qish fasli-chi?

Bolalar bu savollarga javob berar ekan, olma, xurmo bargla- rini solishtiradilar. Olma bargi sariq, to‘q sariq, qirmizi rangda rangini tovlanishi, xurmo barglaridan hali yashillik ketmagan-


ligi, o‘t-o‘lanlar ham birin-ketin sarg‘aya boshlaganligini ku- zatadilar va olmalardan keltirgan savatlariga, yelim xaltalarga solib oladilar.
Xurmolar hali terib olinmagani, ammo to‘q sariq rangda yal-yal tovlanishi, uni birdaniga daraxtdan uzib, yeb bo‘lmasligi, 3–4 kun uyda saqlab, yumshay boshlagandan keyingina yeyish mumkinligi, o‘shanda meva totli bo‘lishi tushuntiriladi.
Bu sayrda bolalar yeb ko‘rgan, ammo daraxtini, unda mevalar- ning pishishini ko‘rmagan xurmo haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Bahor kelsa, bog‘chalari hovlisiga ham xurmo ko‘chati o‘tqazishga kelishadilar.
Sayr oxirida bolalar qizil, sariq, qirmizi barglardan terib, gulcham- bar yasaydilar. Bunday sayrlar bolalarning dunyoqarashini shakllanti- rishga, lug‘at boyligini oshirishga, nutqini boyitishga yordam beradi. Kuz faslida qushlarning uchib ketishi haqida ham maroqli suh- bat uyushtirish mumkin. Suhbatdan maqsad – bolalarning kuzda qushlarning (qaldirg‘och, chug‘urchuq va boshqalar) uchib ketishi, qarg‘alarning uchib kelishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va qush-
lar dunyosini kuzatishga qiziqtirish bo‘ladi.
Suhbatga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi quyidagi savollarni belgilab olishi mumkin:

  • Yozda qanday qushlarni ko‘rgansiz? Qaysi qushlarning ovozini eshitgansiz?

  • Qushlarni tanib, bilib olishda sizga kim yordam bergan?

  • Qushlar kuz oxirida nima uchun issiq o‘lkalarga uchib ketadi?

  • Qishda nima uchun pashsha, chivin, kapalak va qo‘ng‘izlar ko‘rinmay qoladi?

  • Hovlingizda musicha va maynalar bormi? Ular nega uchib ket- maydi?

Mazkur savollarga javoblar, albatta, tarbiyachi tomonidan to‘ldirilib, tuzatib boriladi. Bolalar uchun talay yangiliklar ham ma’lum bo‘lib, bu yangiliklarni zukkolik bilan o‘zlashtirib olgan- liklari ularning nutqlarida ham namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, hozirgi davrda deyarli ko‘pchilik xonadonlarda to‘tilar parvarish qilinadi.
Shuning uchun, to‘tilar hayoti bilan bog‘liq savollar asosidagi suh- bat bolalarning qiziqishini yanada oshiradi hamda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishga yordam beradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning tevarak-atrof bilan mu- loqoti qancha ko‘p bo‘lsa, ularning bog‘lanishli nutqi shunchalik sa- marali rivojlana boradi. Tevarak-atrofdagi rangin dunyo ular tasav- vuri va dunyoqarashini shakllantirishga, so‘z zaxirasini boyitishga, nutqini o‘stirishga rag‘bat uyg‘otadi.
Ayniqsa, qish fasli bilan bog‘liq mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishiga yanada mos tushadi. Masalan, bog‘cha hovlisida qor yog‘ishini kuzatish jarayonida quyidagi savollar asosida suhbat uyushtirish mumkin:

  • Qor uchquni nimaga o‘xshaydi?

  • Nima uchun qor uchquni kapalakka o‘xshatiladi?

  • Qor uchqunlari nima uchun har xil bo‘ladi?

  • Qorda yurganida odam nima uchun sovqotadi-yu, qorbo‘ron o‘ynaganida isib ketadi?

  • Qor odam qachon erib ketadi?

  • U nima uchun erib ketadi?

  • Sirpanchiq o‘ynash uchun nima qilish kerak?

Savol-javob jarayonida tarbiyachi bolalarni kundalik hayot bilan tanishtira boradi, tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatish vositasida bili- mini boyitadi, nutqini rivojlantiradi. Savol-javob orqali bolalar qor uchqunlarining har xil shaklda bo‘lishi, uning turli tezlikda yog‘ishi sabablarini bilib oladilar, havo harorati bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tushunib yetadilar, qish mavsumidagi qiziqarli mehnat jarayoni bilan tanishadilar; qor kurash, supurish, qor bosgan joylarda qushlarga don tashlash uchun joylar tayyorlash kabi ishlarni zavq-shavq bilan, ham- korlikda bajaradilar va tarbiyachi, tengdoshlari bilan faol muloqotda bo‘ladilar. So‘zlashuv jarayonida ishlatiladigan «qor uchqunlari»,
«kapalak qor», «lo‘ppi-lo‘ppi qor uchquni», «qor kurash», «muz yo‘lak», «don xo‘rak», «qor odam», «muz tepa» kabi so‘z va so‘z birikmalari dialogik nutqni shakllantirishga yo‘l ochadi.
Nutq o‘stirishga oid mashg‘ulotlar samaradorligini ta’minlashda mavzularning qiziqarliligi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Boy- chechakning ochilishi» mavzusidagi ertalik o‘tkazish fikrimiz dalilidir.
Bolalar bog‘chasining katta guruhida ertalikka tayyorlanishda bolalar rollarga bo‘linib, boychechak haqidagi she’rlar va qo‘shiqlar tarqatiladi.
Guruh xonasi ertalikkacha qog‘ozdan ishlangan boychechak, bi- nafsha, lola kabi gullar bilan bezatiladi.
Ertalik «Boychechak» qo‘shig‘i bilan boshlanadi. Ikki bola «Boy- chechak» qo‘shig‘ini galma-gal ijro etadi.
Jarchi bola boychechak tergani hammani dalaga chorlaydi.
Bolalar «Dala»da boychechaklar - qog‘ozdan yasalgan gullarni tera boshlaydilar va qo‘shiq kuylaydilar, raqs ijro etadilar.
Qo‘shiq ijrosi va raqslarda guruhning barcha a’zolari ishtirok etadilar.
«Boychechakning ochilishi» bilan bir qatorda «Gullar bayrami» ham bolalar sevib o‘tkazadigan ertaliklardandir. Uni o‘tkazishdan oldin guruhdagi barcha bolalarga gullar haqida she’r, topishmoq, raqslar bo‘lib beriladi, bolalar «Gulchi qiz», «Boychechak», «Bi- nafsha», «Lola», «Atirgul», «Rayhon», «Chuchmoma», «Bo‘tako‘z»,
«Gulsafsar», «Nomozshomgul», «Gulbeor», «Gulxayri» va boshqa gullar timsolida she’rlar yodlaydilar.
Bu xildagi ertaliklar bolalarda ham estetik didni tarbiyalash, ham nutqni rivojlantirish usullari, vositalari sifatida katta yordam beradi.
Savol-javoblar asosida suhbatlar o‘tkazish orqali bolalarda nutqqa oid muayyan darajada malaka hosil qilgach, hikoya tuzishga o‘rgatgan ma’qul.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin