Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə80/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:


  1. Tulki qanday hayvon?

  2. Suratda tulki qanday tasvirlangan?

  3. Tulki haqida o‘zingiz topishmoq to‘qiy olasizmi?



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrdа nutqning grаmmаtik quri- lishini shаkllаntirish mazmuni haqida so‘zlab bering.

  2. Bolalarning nutqining asosiy qismini qanday gaplar tashkil qiladi?

  3. Grаmmаtik ko‘nikmаlаrni shаkllаntirishning qanday usullаri

mavjud?

  1. Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrdа nutqning grаmmаtik quri- lishni shаkllаntirishda qanday mashq va o‘yinlardan foydala- nish mumkin?

  2. Mаktаbgаchа yoshdаgi bolа nutqining grаmmаtik tizimini shаkllаntirish qanday ishlаrni o‘z ichigа olаdi?
    1. §. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilishida nutqni rivojlantirish texnoligiyasi




Reja:

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.

  2. Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirish mаshg‘ulotlаri.



Tayanch tushunchalar: ma’nodosh, uyadosh, xususiyat, shax- siy qobiliyat, jarayon, shaxsiy hayot, tevarak-atrof, rivojlantirish, texnologiya.


1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizim- da ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni o‘stirish dasturini takomil- lashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Bolalar nutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilarni kiri-
tishni maqsadga muvofiq deb topdik:
  1. Tevarak-atrof va ona Vatan.


  • «O‘zbekiston – mening Vatanim».

  • Samarqand, Buxoro, Toshkent, ko‘hna Urganch, Xiva, Qo‘qon – qadimiy shaharlar.

  • 1-sentabr – O‘zbekistonning mustaqillik kuni.

  • I.A.Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti.

  • Toshkent metropoliteni.

  • Mustaqillik maydoni.

  • Toshkent teartlari.

  • Mening shahrim, mahallam.

  • Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona.

  • Oilamiz shajarasi.

  • Bizning oila.

  • Ona tilim – jonu dilim.

  • Til bilgan – el biladi.

  • Jonajon o‘lka tabiati.

  • Hamdo‘stlik mamlakatlari.
  1. Buyuk siymolar:


  • Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur – bizning bobo- larimiz.

  • Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar.

  • «Alpomish» dostoni – milliy g‘ururimiz.

  • Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar – buyuk adib.

  • O‘lkamizda dong taratgan sportchilar, adiblar, san’atkorlar.

  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin