Bir kampirning o‘g‘li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli o‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi. Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib qolibdi.
Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi.
Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda siz- larga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmi- shidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la bosh- labdi.
Bir kundan so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi savollar berildi:
Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?
Kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib, nima qilayapsan bolam, deb so‘raganda qanday javobni eshitdi?
Keyin nima bo‘ldi?
«Cho‘loq jo‘ja» o‘yini.
Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi. Har bir katakchaga bittadan stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mav- zular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlan- gan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo‘ja» poldagi bola o‘ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni joyiga borib o‘tiradi. Agar xato qilsa, bir oyoqda sakrab boradi. Bu o‘yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:
Ertakning nomini aytib bering.
Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.
Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.
Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni sekin- lashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarang- siz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlarni to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba- landligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.