vatsiyatashkil qilishi, uning tarkibi o‘zgarganligidadir.
Verbalbosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo‘lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich – faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi.
Bolaning faol nutqni o‘zlashtirishining ikkinchibosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoli- yat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar.
Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayot- gan har bir jihati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish uchun shartli ra- vishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam be- radi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko‘rib chiqilayot- gan har bir jihati u yoki bu darajada va o‘z holicha bolalarning kommunikativ vazifani hal etishlariga, ya’ni nutqdan foydalanish- lariga yordam beradi.
Nutqni rivojlantirishning uchinchibosqichida – uning ma- teriyasi (leksika va grammatika) bolaning muloqot vazifasini o‘zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu bolaning nutqning yan- gi, yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o‘zlashtirishiga olib keladi.
Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o‘rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq rivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to‘satdan amalga oshirilishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Xalq ertaklari, rivoyatlar va xalq o‘yinlari orqali bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish.
«Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi:
Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi?
Bola ko‘rgazma asosida ertak mazmunini so‘zlab bera oladimi?
Bola ertak mazmunini ko‘rgazmali vositasiz so‘zlay oladimi? Bolalarga ertak o‘qib berilgandan keyin bir kun o‘tib, har bir bola bilan ushbu ertak bo‘yicha tajriba uchun suhbat o‘tkazildi. Ertak yu-
zasidan quyidagi savollar berildi:
Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?
Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?
Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi?
Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi par- chani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi savo-
limiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchin- chi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.