Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Nutqning tovush mаdаniyatigа doir ishlаr



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə73/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Nutqning tovush mаdаniyatigа doir ishlаr.


Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda eri- shilgan asosiy natijalar tengdoshlar bilan muloqot asosiy o‘rin egal- laydigan muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko‘ra o‘z tengdoshini afzal ko‘ra boshlaydi. Birga o‘ynayotgan o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq bo‘lib boradi. Sherik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega bo‘ladi. Bola endi qo‘shnisining e’tiborini o‘ziga jalb qilishni biladi, uning o‘zi o‘rtoqlarining ishlari va fikrlari bilan qiziqadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko‘p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot o‘rnatish,
20 Babayeva D.R. Tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish: Pedagogika fanlari nomzodi. diss. – T., 2001. – B 25.
o‘ziga, o‘z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish, bir-biri- ni tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qi- lish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zining va birga o‘ynayotgan o‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, nar- salar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq obyektiv munosabatlarning alohida so- hasi bo‘lib, bola ularni so‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan o‘ynash orqali anglab yetadi.
Bola o‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar- dan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o‘zidan foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas indi- vidual portretini hosil qilgani holda o‘zaro birgalikda mavjud bo‘ladi. Dialogni rivojlantirish faqatgina nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qolmay, balki u bolaning ijti- moiy jihatdan rivojlanishi va uning shaxsi shakllanishining muhim tarkibiy qismi bo‘lib ham hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat xabar qilishga (intellektual mazmundagi xabarga) va o‘z manfaat- lariga yo‘naltirilishni, balki sherigining mavqeini, uning manfaatlari, istak-xohishlari va kayfiyatini ham hisobga olishni nazarda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sherigini tushuna olish, uning nuqtayi nazarini qabul qilishni bilishga ham bog‘liqdir. Bunday tajribani bolalar o‘zaro uyushgan faoliyatda (birgalikda yasash, rasm chizish, hikoya qilish, jamoaviy o‘yinlar) orttiradilar. Tengdoshlar bilan muloqotda bola nutqi mazmunlilik (muloqot vaziyatidan qat’i nazar til vositalaridan foydalanish asosida
mazmunning tushunarliligi) kasb etadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning dialogik muloqoti jara- yonida nutqning yangi shakli – monolog vujudga keladi va shaklla- nadi. U bolaning o‘z fikrlari, hissiyotlari, atrofdagi olam haqidagi bi- limlari bilan o‘rtoqlashishni istashi tufayli vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shaklida ro‘y beradi. Hikoyada bolani hayron qoldirgan
va hayajonga solgan qandaydir qiziq narsa (yangi o‘yinchoq sotib o- lish, oila a’zolarining kulgili vaziyatlarga tushib qolishi va h.k.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni hikoya qilish, multfilmlar mazmunini aytib berish, o‘qigan narsalarini aytib be- rishni yaxshi ko‘radilar.
Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning shiddat bilan rivojla- nishi, til borlig‘ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So‘zga nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan to‘satdan boshlangan o‘yinlar, so‘z mazmuni, ularning jaranglashi va mazmuni haqidagi masalalarda ko‘rinadi. Til borlig‘ini anglash uning barcha – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomillashtirishga (an- tonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushunishga), nutqning tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliya- ti, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini (morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.
Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – mor- fologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilish- da, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda gram- matik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin