Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodali- ligining muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr- ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti- rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va
19 Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в детском саду. 3-нашр. –М., 1966.–Cтр. 50–51.
vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgu- sida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi. Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar- ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn- ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat- lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish
uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke- lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog‘liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakl- lantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn- ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili- yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani- shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta- lab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.
Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi
matnlar – tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqi- dagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dast- labki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslash) til va nutq hodisalarini anglab yetishni shakllantiradi.