Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtirib, bolalarni kuz haqi- da hikoya tuzishga taklif etadi. Hikoya tuzganingizda kuzgi ob-havo qandayligi haqida gapiring, Kuzda kattalar mehnati haqida gapiring. Hikoya tuzganingizda hozir ishlatilgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin (5–6 ta bolalar hikoyasi tinglanadi).
Eslatma: Tarbiyachi «Kuz» mavzusida o‘zi hikoya namunasini tuzib berishi mumkin.
Issiq yozdan so‘ng kuz fasli keladi. Kuz fasli kirib kelishi bilan havo salqinligi seziladi. Daraxt barglari birin-ketin qizg‘ish-sarg‘ish tusga kira boshlaydi. Qaldirg‘och, ko‘k qarg‘a, turna kabi qushlar uchib ketishadi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazor- larda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Kuzgi meva, poliz ekinlari yig‘ib olinadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotni maqol aytish bilan yakunlashi mumkin.
Maqol mazmunini bolalarga tushuntirib beradi.
Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Kuzda ob-havo qanday bo‘ladi?
Qanday qushlar uchib ketishadi?
Bog‘larda qanday mevalar pishadi?
Qanday poliz ekinlari pishib yetiladi?
Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
Xulosa:
Nutqning grammatik tizimini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jara- yonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek, sintaktik tuzilma- lar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga har xil turdagi matnlarnituzishnio‘rgatishgadoirishlarshakllarivametodlarinimeto-dik jihatdan asoslang.
Lug‘at ishining bosh vazifasi qaysi metodlar, usullar orqaliamalgaoshirilishilozim?(lug‘atzaxirasiniboyitish,kengayti-rishva faollashtirish).
Bolaning ona tilidagi nutqi mazmunini rivojlantirish uchunqaysi shart-sharoitlar zarur? O‘z javobingizni aniq misollarorqaliasoslang.
Maktabgachayoshdagibolanutqininggrammatiktiziminishakllantirishga doir ishlar mazmuni nimalardan iborat? Bo-lalarda ona tilidagi grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqni shakl-lantirishmetodlariva usullarinitavsiflang.
Bolalarda nutqning tovush jihatini rivojlantirish va takomil-lashtirishuchunqaysimetodlar,usullarvavositalarniqo‘llashzarur?