Bolаninghаrbiryoshbosqichidаnutqningtovushmаdаniyatinitаrbiyalаsh. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to‘g‘i talaffuz etish, so‘zlar
va iboralarni aniq talaffuz qilish, to‘g‘ri nutqiy nafas olish, shuningdek, ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning nor- mal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg‘ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllanti- rishni o‘z ichiga oladi. Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi zamonaviy ona tili (o‘zbek, rus tillari va boshq.) kurslariga, adabiyotshunoslik asoslarini o‘zida jamlagan bolalar adabiyotiga, umumiy, bolalar va pedagogik psi- xologiyaga, umumiy va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika- siga tayanadi.
Metodikaning mazmuni va uni amalga oshirishning yetakchi g‘oyalari sifatida quyidagilar chiqadi:
bolaning qadr-qimmatini va uning o‘ziga xosligini tushu-
nish, bola nutqini «yaqin rivojlanishi hududi»ga qarab rivoj- lantirishni ko‘zda tutgan holda rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olish;
pedagogik muloqotning bola bilan emotsional aloqa o‘rna- tishga, u bilan dialogik hamkorlik qilishga yo‘naltirilganligi;
maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni maxsus o‘rgatishning
asosini kommunikativ yondashuv tashkil etishi lozim bo‘lgan nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida amalga oshirilayotgan ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini tan olish.
Nutq madaniyatini rivojlantirishga oid ishlarga kasbiy tayyorlik shakllanganligi mezoni sifatida quyidagilar chiqadi:
nutqni rivojlantirish kursini o‘rganish va bolalar bilan ishlash-
ga mas’uliyat bilan yondashish;
bolalar nutqini rivojlantirish mexanizmi va xususiyatlari, nut- qiy faoliyatning nazariy asoslari, yakka tartibda nutqiy rivojla- nishni diagnostika qilish tamoyillari va metodikasi, nutqning turli qirralarini rivojlantirish metodlari va vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarning to‘liqligi va izchilligi;
bolalarning nutqiy muloqoti natijalarini mos ravishda tahlil qilish hamda baholash, bola nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqbul tizimini tanlash va qo‘llashga qodirlik.
Nutqni shakllantirishning muhim vositasi bo‘lgan badiiy adabiyot bola nutqini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bolalarning ushbu san’at turini qabul qilishidagi o‘ziga xosliklar, maktabgacha tarbiya muassasasida kitoblar yordamida amalga oshiriladigan ishlar maz- muni va metodikasi tegishli mavzuda ochib beriladi.
Nutqdagi buzilishlar – inson ahvolini baholashda til parametrlari yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyat- larda (ruhiy zo‘riqish, siqilish paytida) yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarda fiziologik parametrlar bo‘yicha ayrim nuqsonlar sezil- maydi. Ammo ularning nutqi mutaxassis bo‘lmagan odam tushunishi qiyin bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha faqat til mezonlarigina bunday holat yuz berishidan dalolat berishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murak- kab ruhiy jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qi- lishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman muloqot faoliya- tini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Bolaning borliqning yangi tomonlariga yo‘naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni, so‘ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o‘rganishga o‘tish yangi maqsadlarga xizmat qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi.
Bola leksikasini kengaytirish, uning o‘z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o‘zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Nutq madaniyatini zamonaviy va to‘laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o‘zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni egallab olishla- rining sababi ularning muloqot faoliyatlarining asosiniehtiyoj-moti-