Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə128/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sanjar
Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko‘p yеb qo‘yib, qorni og‘rib qoladi. Otasi «tez yordam» chaqiradi. Doktor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatadi. Sanjarning otasi, onasi doktorga tashakkur bildiradilar».
Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo pishirgani bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chanqadilar. Olxo‘ridan yеb olib, bir necha marta sovuqsuv ichishdi. Uchalasining ham qorni og‘rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar doktori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlarni olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yеb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun saboq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo- yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi. Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalarning ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda sveta- for uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi.
Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon- larni quvib ketishadi. Bo‘rivoy qo‘lga olindi. Dan mashinasi yеtib ke- ladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sak- rab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yеtib keladi va quyonchaning oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et- may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yеydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku- zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni ri- vojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu- zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutqo‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda «o‘ylash», «o‘ylab topish», «ijod qilish» muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini
«to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramon- larning xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» od- diydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga, o‘ylashga, fikr qilishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishti- rish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Qurilish materiallari: g‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi.
Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha tu- rar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlandi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga qarab emas, o‘zlarining tasavvurlaridagi imoratlarni qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa- da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlarni qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo‘linib, «quruvchilarga» yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh- laydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»larning yuklari bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Ona- qo‘g‘irchoqlar o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yеtaklab kelmoqdalar. Bog‘cha opa-qo‘g‘irchoqlar ularni kutib olayaptilar.
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band. Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o‘zlari qurgan binolari ha-
qidagi hikoyalari tinglanadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin