4 ta joyga doira chiziladi, har bir doiraga bittadan faslning belgisi chiziladi, o‘rtada bolalar turadi. Tarbiyachi «Kuz» desa, bolalar kuz belgisi bor doiraga, «Yoz» desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib tu- radilar. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi jismoniy daqiqadan so‘ng: kelinglar, endi surat asosida hikoya tuzamiz (5–6 ta bola hikoyalari tinglanadi).
Mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami bo‘lishi, bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklashi, so‘ng maydonda tomoshalar bo‘lishi haqida suhbatlashib oldik. Surat orqali Mustaqillik maydoni haqida tushun- chaga ega bo‘ldik. Hammangiz bayramni qanday o‘tkazganingizni ga- pirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men xursandman. Doimo shunday xursand bo‘lib yuring.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: