Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqi-dagibilimvatasavvurlarini,ularningso‘zlarnibo‘g‘inlargaajara- tishhamdaberilganso‘zlardangaptuzishnibilishinianiqlash.
«Chiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish.
«Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.
Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.
«Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir o‘quvchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor (har bir gapni uchburchak bilan belgilang. Qan- cha uchburchak bo‘lsa, demak, shuncha gap bo‘ladi).
«Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.
«Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz.
So‘z nimadan tashkil topgan?
Gap nimadan tashkil topgan?
Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni ham aytish mumkin).
Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rqish, undan xavf- sirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakl- lantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir.