Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


–16-§. Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə148/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

15–16-§. Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar




Reja:

  1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun namuna ekanligi.

  2. Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar.

  3. Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi.

  4. Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.



Tayanch tushunchalar: ilg‘or tajribali, tabiatga qiziqish, haqiqatgo‘ylik, madaniyatli munosabat, madaniy axloq, texnikaviy vositalar, murakkab oborotlar, ritmika, monoton nutq, pauza, ritm, tembr, ohang, sheva, mahalliy so‘zlashuv, diksiya, ibora, nutqning shoshqaloqligi.



  1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun namuna ekanligi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoli- yatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bo- lalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlari- dan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog – tar- biyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog – tarbiya- chining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bi- lan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos

bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sev- gan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqi- qiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog – tarbichi bo‘la olmaydi.
Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati peda- gogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonch- ni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar – pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoli- yatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin