Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə145/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di- van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D- D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi 2-tovushni ayting: Di-v-v-van, 2-to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di- v-v-van 3-to‘rtburchak chiziladi: – Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? («D» tovushi) Bugun siz «D» tovushi bilan tanishasiz. «D» tovushi bolalarga talaf- fuz qildirtiriladi.
Tarbiyachi: «D» tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, «D» tovushi unli «a»,
«i», «o», «u» tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning ol-
dingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi.
«D» tovushi ya, yo, ye, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari tilga tegib turadi.
Tarbiyachi: endi men «D» tovushini talaffuz qilaman, «D» to- vushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi «D» tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. «D» tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. «D» tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
«D» tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
«D» undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
«D» tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. «D» tovushining so‘z boshida (don, deraza, dutor), o‘rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovush- larni ajratish, «D» tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniq- latish orqali tushuncha beriladi. Shundan so‘ng kesma «Dd» harflari harf kassasiga qo‘yiladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin