Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha ta’lim muassasasining ota- onalar bilan ham- korlikdagi ishlar mazmuni



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə153/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Maktabgacha ta’lim muassasasining ota- onalar bilan ham- korlikdagi ishlar mazmuni.


Ta’lim muassasalari va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foy- dalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad oila sharoiti, bola- ning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan ta- nishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda
bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini ol- dindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-bir- larini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota- onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish da- rajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalar- ning bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib, hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:

to‘g‘risida;

  • ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.

Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalar- ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota- onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin