Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə152/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tayanch

17-§. Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar




Reja:

  1. Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlarning olib borilishi.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasasining ota- onalar bilan ham- korlikdagi ishlar mazmuni.

  3. Ota-onalar bilan o‘tkaziladidan pedagogik kengash.



Tayanch tushunchalar: anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari.



  1. Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:

  • bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni hi- moya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amal- ga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;

  • ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va

jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;

  • ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka- lardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

  • bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbi- yalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi na- munalarini o‘rganish va ommalashtirish.

Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota- onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qara- tishlari lozim.
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pe- dagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmu- ni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar reja- sida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyor- lash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.

  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin