Ota-onalarmajlisi. Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta’lim muas- sasasidagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota- onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bo- lalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yil- gi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist- tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapi- rishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda maktabgacha ta’lim muassasasiga qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota- onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya be- rishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash- da ta’lim muassasalari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani, bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalan- ganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapi- rishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qi- linuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazili- shi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yil- ning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisobot beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.