Kichikyoshdgibolalar uchunmashg‘ulotlar ishlanmasi. Mashg‘ulot – maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmu- ni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajra- tilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg‘ulotini tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari bilan bog‘liqlikda mashg‘ulotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yosh- dagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning maqsadi bo- lalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tay- yorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqos- lash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib top- tirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas’uliyat hissi takomil- lashtirib boriladi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish- istagi tarbiyalanadi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun inti- ladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, mashg‘ulotning vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha
necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tayanch dasturida ular- ning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot- sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul-
lari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat mashg‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.