Maqsad:Bolalarni kapalakning noyob turi – baxmal kapalak bilan tanishtirish, uning tabiatdagi ahamiyati, tuzilishi, ko‘payishi haqida yangi bilim berish.
Tarbiyachi: Bolalar! Siz kapalak haqida qanday she’r bilasiz?
Umida: Hoy kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdek. Muncha shoshib uchasan, To‘xta, so‘zlayin andek . Mendan aslo qochmagin, Do‘st bilaman o‘zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko‘zimga.
Sherzod: Atrofi keng, xo‘p go‘zal,
Yurtimning bog‘i. Onadek bizga aziz, Vatan tuprog‘i.
Bahorda o‘sib gullar,
Bo‘lar yam-yashil. Kapalaklar atrofida, Qizlar quvnashib.
Bahrom: Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham-gulshanda. Sira ozor bermayman, Kapalakjon, kapalak.
Qanotlaring ipakdek, Do‘st bo‘laylik ikkimiz. To‘xta so‘zlayin andek.
Shundan so‘ng tarbiyachi bankadan kapalakli shoxchani olib stol- ga qo‘yadi va «bu nima» deb so‘raydi.
Bolalar: «Kapalak» deyishadi.
Kapalakni bundan keyingi kuzatish uning harakat qilishi bilan bog‘lanadi.
Tarbiyachi: Kapalakni biz qayerda uchratamiz?
Bolalar: Bog‘cha, uyimizda.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolajonlar! Kapalakning qanotlari rangi qanaqa ekan?
Bolalar: Oq, sariq, qizil.
Tarbiyachi: U nima qilyapti? – deb yana so‘raladi. U uchgan- da «U qanday uchyapti?» - deb so‘raladi. Qanotini qanday qoqishi ko‘rsatiladi.
Bolalar o‘z fikrlarini aytishadi.
Tarbiyachi: Bolalar kapalak haqida ancha ma’lumotlarga ega ekansizlar. men sizlarni bugun yangi kapalak turi, ya’ni baxmal ka- palak bilan tanishtiraman. Ushbu kapalak O‘rta Osiyoda endemik tur hisoblanib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonning tog‘li rayonlarida uchraydi.
Kim aytadi, Kapalaklar nima bilan oziqlanadi?