Boshlovchi: Assalomu aleykum aziz mehmonlar mehribon tarbiyachi opalar Yangi kirib kelayotgan 2023-yilimiz barchangizga muborak bo'lsin. Bugun guruh va guruh tarbiyalanuvchilari bilan "Mo'jizaviy Yangi Yil" deb nomlangan bayram tadbirimizni taqdim



Yüklə 19,1 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü19,1 Kb.
#107672
yangi yil


Boshlovchi:
Assalomu aleykum aziz mehmonlar mehribon tarbiyachi opalar Yangi kirib kelayotgan 2023-yilimiz barchangizga muborak bo'lsin. Bugun ___ _____ guruh va ___ _____ guruh tarbiyalanuvchilari bilan "Mo'jizaviy Yangi Yil" deb nomlangan bayram tadbirimizni taqdim etamiz. Endi qarsaklar ostida bayramimiz ishtirokchilarini davramizga taklif etamiz.
Qo'shiq ostida bolajonlar davraga kirib keladi.
Boshlovchi:
Yangi yil keltirsin
Sizlarga zafar
Yangi yilda yanada
Gullasin diyor
Boshlovchi:
Endi ___ _____ guruh bolajonlar ijrosida qish fasli haqida qo'shiq ijro etadi.
Musiqa sadosi ostida bayram tadbirimizga qaroqchilar tashrif buyuradi.
Qaroqchi:_-_Xa_yaramas_bolalar_bu_yerda_nima_bolyapti__Bolalar:_-Yangi_yil_bayrami!_Qaroqchi'>Qaroqchi:
- Xa yaramas bolalar bu yerda nima bo'lyapti?
Bolalar: -Yangi yil bayrami!
Qaroqchi:
- Nega bizni chaqirmay bayram qilyapsizlar? Xa-xa=xa hech qanday bayram yo'q! Biz qorboboni qopini o'g'irlab kelyapmiz. Endi senlarga hech qanday bayram ham yo'q, sovg'a ham yo'q!
Boshlovchi:
- Qaroqchi bizning bolalar bayramga deb she'rlar, qo'shiqlar, raqslar tayyorlab kelishgan. Sizlar tomosha qilinglar.

***

Qaroqchi:
- Xa shoshadigan joyimiz yo'q bir tomosha qilsak qilibmizda. Bu bolalar nimani bilishar ekan qani ko'raylikchi.
Boshlovchi:
- Qani unda ___ _____ guruh qizlari ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Qaroqchi:
- Yaxshi - yaxshi lekin raqsga tushishni bilmas ekansizlar. Mana hozir men sizlarga o'ynab beraman senlar o'rganiylar.
Qo'shiq qo'yiladi qaroqchilar o'ynaydi.
Qaroqchi:
- Mana o'rgandilaringmi qanaqa raqs tushishni? Qani endi bolalar navbat sizlarniki mahoratlaringni ko'rsatinglarchi.
Boshlovchi:
- Qaroqchilar bolalar ham juda ajoyib raqs tushishdi. Endi senga she'r aytib berishadi.
___ _____ guruh tarbiyanuvchilari sh'er aytishadi.
Boshlovchi:
Keldi mana yangi yil
Sog'intirib dillarni
Doim baxtga to'ldirding
Sog'ingan ko'ngillarni
Yuzingizdan tabassum
Arimasin sira ham
Qutlayman chin qalbimdan
Bayramingiz bilan
Bir chetga surib g'amni
Quving dildan alamni
Sizni tabriklay deya
Qo'lga oldim qalamni
Bolalar she'r aytishadi.
Boshlovchi:
- Raxmat bolajonlar.
Musiqa sadosi ostida bayramga Yalmog'iz kampir kirib keladi.
Yalmog'iz:
- Hoy qaroqchilar aytganimni qilib qopni o'g'irladilaringmi?
Qaroqchi:
- Xa mana qop bizda ichi to'la sovg'a. Endi hech qanday bayram qila olmaydi bular. Bayramni faqat biz qilamiz.
Boshlovchi:
- Yalmog'iz, qaroqchi, axir bolalar bayramni yaxshi ko'rishadi. Hozir sizlarga bolalar raqs ijro etib berishsin. Sizlar ham birga raqsga tushinglar.
___ _____ guruh qizlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Yalmog'iz:
- Vay mazza qilib o'ynadim. Anchadan beri bunaqa mazza qilib o'ynamagandim. Bellarim qirsillab ketdi.
Boshlovchi:
- Senga yoqganidan xursand bo'ldik biz ham. Endi bolajonlarimiz senga she'r aytib berishadi.
Yalmog'iz:
- Mayli qani aytishsinchi bu ikkichilar she'rni.
___ _____ guruh tarbiyalanuvchilari she'r aytishadi.
Boshlovchi:
- Barakalla bolalar endi joyimizga o'tirin olamiz.
Qaroqchi:
- Voy-voy-voy qorboboni ovozi eshitilyaptimi?!
Yalmog'iz:
- Xa-xa qorbobo ekan qani yashirinamiz, qopni ham ol uni ham yashiramiz.
___ _____ guruh tarbiyalanuvchilari raqs ijro etishadi.
Qaroqchi:
- Va-xa-xa-xa qorbobolaring kelmadi-ku! Bayram ham yo'q.
Boshlovchi:
- Bolajonlarimiz qorbobo va qorqizni qancha kutishyapti. Ular tashrif buyurmasa bayram-bayramday bo'lmaydi-ku! Bolajonlar birgalikda qorboboni chaqiraylikchi.
Bolalar va hamma: Qor-bo=bo! Qor-bo-bo! Qor-bo-bo!
Yalmog'iz:
- Chaqirma, chaqirma deyman,
Bolalar va hamma: Qor-bo=bo! Qor-bo-bo! Qor-bo-bo!
Qorbobo tashrif buyuradi.
Qorbobo:
- E-xe-xe-xe xe-xe-xey bolajonlar tog'-u toshlardan oshib, bayramingizga nabiram bilan birga tashrif buyurdik. Ammo qopimni qaroqchilar o'g'irlab ketdi. Men sovg'asiz tashrif buyurdim.
Boshlovchi:
- Qorbobojon Assalomu Aleykum. Sizni qopingizni qaroqchilar va yalmog'iz o'g'irlab shu yerga adashib kelib qolishdi.Ular shu yerda archani orqasida yashirinib turibdi.

Qorqiz:
- Voy ular shu yerdami?
Bolalar: - Haa! Shu yerda!
Qorqiz:
- Bobojon xafa bo'lmang qopingiz shu yerda ekan ular o'zlari qaytarib berishadi.
Boshlovchi:
- Bobojon siz ham charchab kelgandirsiz. Endi o'tirib dam oling bolalar sizga raqs ijro etisb berishadi.
Qorbob:
- Kel qorqizim birga tomosha qilamiz.
___ _____ guruh tarbiyalanuvchilari ijrosida raqs.
Qorbobo:
- Barakalla nabiralarim chiroyli raqs ijro etdingiz.
Boshlovchi:
- Bobojon endi ____ _____ guruh ijrosida qo'shiq tinglaymiz.
Qaroqchilar va yalmog'iz qochib ketmoqchi bo'lishadi.
Qorbobo:
- Xa yaramaslar sizlar shu yerdamidilaring. Qopim qani meni?
Qaroqchi:
- Bobojon kechiring bizni mana qopingiz. Hech narsaga tegmadik.
Boshlovchi:
- Bobojon bolajonlar she'r aytib berishadi.
Qorbobo sovg'asini tarqatadi.
Boshlovchi:
- Shuning bilan bugungi bayramimiz o'z nihoyasiga yetdi. Qorbobo va qorqiz bilan birgalikda archa atrofida raqsga tushamiz.
Yüklə 19,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin