Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi



Yüklə 12,25 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü12,25 Kb.
#180983
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil


Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.
Ming yil o‘qisamu, mendan «nimani bilding», deb so‘rasalar, «haddimni bildim» deyman.
Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?
Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir.
• Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xayollarda harob bo‘libmiz.

Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi?!
Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla.
Poktiynat kishilar suhbatidan bahramand bo‘lmoq, podishohlar boshiga toj bo‘lmoqdan afzaldir.
Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.
Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qilad
 
Ey, do‘st! Men Majnun emasman, ammo chaqirsang cho‘li biyobonga borishga ham tayyorman.
Ko‘ngil bog‘, ko‘zlar bulutdir. Bulut yig‘lasa bog‘lar yashnagay.
Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on bo‘lsin.
Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz.
Modomiki, hammaning gunohini bekitolmaysan, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol.
Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.
Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi.
Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi.
Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.

Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.
Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik.
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
G‘ayrating qanotingdir.
Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘k

Jaloliddin Rumiy
Yüklə 12,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin