Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə39/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari. Tilning rivoj- lanishi bolalar hayotining har bir jabhasida va ta’limiy muvaffaqi- yatlarida eng muhim omildir. 2–5 yoshdagi bolalarning taxminan 6 % i til rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Tilning yetarlicha shakllanmaganligi bolalarning butun hayoti davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat, diqqat va o‘qitish hamda o‘rganishga tayyorgarlikda qator qiyin- chiliklarni boshdan kechiradilar. Shuning uchun ham o‘z shaxsini erta anglash juda muhim hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy tarbiyasida til o‘rganish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi va bunda bilish darajasi ko‘pincha past bo‘ladi. Irlandiyada ingiliz tilini qo‘shimcha til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarda ham til va nutq tahlilida ye- tishmovchiliklar mavjud bo‘ladi deb hisoblanadi. Bunday bolalarda tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili qiyin bo‘ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. Bir qancha tahlil uslublari maktabgacha bo‘lgan bolalarning mulo- qoti va tilini baholashda qulay bo‘lishiga qaramay, bu metodlarning ko‘pchiligi kelajakda til bilan bog‘liq muammoga duch keladigan- larni bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaragan- da aniqroq deb hisoblanadi va ular bolalarning turli rivojlanish yo‘nalishlariga ko‘ra oddiy tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari tilda ishlatiladigan murakkab uslublarni qisman ta’minlaydi va shu
sababli, ayniqsa maktabgacha bo‘lgan bolalarda til tahlili bo‘yicha ko‘proq izlanishni talab etadi18. (Edited by Mary Rafferty «Abrief re- view of approaches to oral language developme nt» USA 2014y).


Xulosa:

Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vu- judi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qan- day shakllantiriladi?

  2. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?

  3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga oshiriladi?

  4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday mashg‘ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?

  5. Muloqot, til va nutqning tahlili va rivojanish asoslari haqida nimalarni bilasiz?






18 Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language
developme nt” USA 2014 y.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin