Bolalarnidialogiknutqqao‘rgatishmuammolari. Dia- logik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi.
Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan mulo- qotining asosiy shakli hisoblanadi
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
erkin nutqiy muloqot
maxsus mashg‘ulotlarda
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bola- lar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kat- talar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.