Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə47/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

13-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari




Reja:

  1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari.

  2. Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari.



Tayanch tushunchalar: dialog, imitatsiya metodi, talaffuz, gram- matik ko‘nikma, dialogik nutq, jonlanish kompleksi, emotsional, ijo- biy munosabat.



  1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari. Dia- logik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi.

Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan mulo- qotining asosiy shakli hisoblanadi
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:

  1. erkin nutqiy muloqot

  2. maxsus mashg‘ulotlarda

Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bola- lar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kat- talar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin