Maqsad:Shaxsiytajribagaasoslanibravonnutqnirivolantirishmantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.Vazifalar:Shaxsiyhayot(tajriba)dantugallanganhikoyatuzishmalakasinishakllantirish,sabzavotvamevalarbo‘yichalug‘atinifaollashtirish,topishmoqlarmazmunigatushunishgao‘rgatish, maqoldagiso‘zlarnianiqvaburroaytish. Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallan-gan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to‘qishga qiziqishuyg‘onadi,topishmoq,maqollarmazmuninitushuniboladilar. Keraklijihozlar:To‘rtfaslgaoidkattarasmlar,to‘rtfaslgaoidqirqmarasmlar. Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz «Men yoqtirganfasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz.
Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).
Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.
Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasl- lariga tegishli tasvirlarning qirqma bo‘laklarini yig‘ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirq- ma bo‘laklarini yig‘adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi. Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir esib turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi meva- lar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz,
sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.