Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə52/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti- harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amal- ga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.

Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni To‘g‘ridan- to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan ting- lash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.

Mashg‘ulot ishlanmasi:


Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning maktabgacha ta’lim muassasamiz».
Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.

Vazifalar:


Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma- lakasini mustahkamlash.
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini aniqlash
(xafa, xursand).
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin