Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə50/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari: Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tu-
shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Odam- lar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy- joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zaxirasini asta-sekin kengaytirib borish. Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyum- lar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish. Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2–3 ta hara- katdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish (…koptokni ol va menga uzat).
Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-haya- jonli dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish. Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlarni ifoda- lash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgi- lovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvon- lar harakatlaridan, notirik va tirik obyektlardan, ayrim mehnat hara- katlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.
Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari. Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kat- talarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishla- rini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bi- lan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga undash. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash
uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
Xulosa:

Lug‘atni so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim- boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko‘ylak yengi va yo- qasi; mashina kuzovi va g‘ildiraklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Dialogik nutq tarkibi qanday gaplardan iborat?

  3. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishda qanday mashg‘ulot metodlaridan foydalaniladi?

  4. Bolalar qachondan dialogga kirishishni talab qila boshlaydi?

  5. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazi- fasi haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin