Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə53/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Kutilayotgan natijalar:


Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar. Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.

Mashg‘ulotning borishi:


Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab- gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak- tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.

  1. Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?

  2. U necha qavatli?

  3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?

  4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?

  5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu- naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylash- gan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola ay- tadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlay- dilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari mumkin).

Jismoniy daqiqa:


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?

  2. U necha qavatli?

  3. Maktabgacha ta’lim muassasamizning qanday xonalari bor?

  4. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

  5. Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin