Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Lug‘atni boyitish va faollashtirish



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə61/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Lug‘atni boyitish va faollashtirish. Lug‘atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu an- tonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o‘tkir - uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan), ko‘p ma’nolilik (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, inson- lar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.

Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbi- yalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, si- nonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki til- ning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratil- gan muloqotga muhtoj bo‘ladilar. Lug‘at ishlariga oid dasturlarni
amalga oshirish mashg‘ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg‘ulotlardan tashkil topadi:
Lug‘at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.);
Lug‘at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg‘ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);
Umumlashtirishlar jarayonida lug‘at ishining hal qiluvchi vazi- fasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar. Nutqiy va lug‘atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivoj- lantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi, bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin