Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar. Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning bog‘cha»



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə57/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar. Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning bog‘cha».


Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.

Vazifalar:


  • Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malaka- sini shakllantirish.

  • Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish

malakasini mustahkamlash.

  • Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini an- iqlash (xafa, xursand).

  • Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.



Kutilayotgan natijalar:


  • Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.

  • Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga

o‘rganadilar.

  • Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.

Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar. Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.

Mashg‘ulotning borishi:


Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab- gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak- tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.

  1. Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?

  2. U necha qavatli?

  3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?

  4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?

  5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu- naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini an- iqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatlardagi kayfi- yatda aytishlari mumkin).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin