Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning mazmuni



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə60/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

17-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning mazmuni




Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borish vazifasi.

  2. Lug‘atni boyitish va faollashtirish.



Tayanch tushunchalar: lug‘at ishi, lug‘at zaxirasi, nutq madani- yati, umumlashtirish, assotsiativ metod, she’va leksikasi, lug‘atni egallash, antonimiya, sinonimiya, tashbeh (epitet)lar.



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib bo- rish vazifasi. Lug‘at ishining bosh vazifasi – lug‘at zaxirasini boyi- tish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir.

Bolalar lug‘atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli so‘zlarni kiritish tashkil qiladi.
Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biri- ga yaqin so‘zlarni tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.) o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg‘unlashib ketishi lozim.
Antonimlar ustidagi ishlar (qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar) bolalar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzishda amalga oshirilishi kerak. Pedagog bolalarga maqollarda, matallarda antonim- larni topishni o‘rgatishi zarur. Ko‘p ma’noli so‘zlarda antonimlarni topish bolalarning so‘z haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, uning mazmunini aniqlashtirishga yordam beradi. Qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan iborat so‘z birikmalarini tanlar ekan, bolalar so‘zlarning ko‘p ma’noliligini yanada chuqurroq tushunadilar (eski ko‘ylak – yirtilgan, eski do‘st – uzoq do‘st).
So‘zlarning ko‘p ma’noliligini maktabgacha yoshdagi bo- lalarga ularga yaxshi tanish bo‘lgan aniq predmet ahamiyatiga ega bo‘lgan (ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq)
so‘zlarda ko‘rsatish darkor. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi mumkin: so‘zni ay- tish, unga belgilar va harakatlar tanlash – so‘z birikmasini, so‘ngra gaplarni tuzish va oxir-oqibatda ko‘p ma’noli so‘zlardan ravon matnda foydalanish.
Lug‘at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalarni hal etish ja- rayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‘zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalarni tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi- larni hisobga olishi lozim:

  • leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;

  • semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish);

  • so‘zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.

Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar – nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyekt- lar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.
Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta’sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilin- gan adabiy so‘zlar va ifodalarni ma’lum qiladi, ularni to‘g‘ri tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta’qiqlaydi), ularni adabiy me’yorlar bilan almashtiradi. “Lug‘atni egallash» atama-
si – bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni al- batta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan», insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat – bu faqat bolalarga yangi so‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishir. Bolalar bog‘chasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin