Erkin egatga ertagi ekinni ertalab ekdi.
Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi. Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk. Tez aytishni tez-tez ayt.
Sovuqda tustovuq sovuq qotdi. Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
Gulsara gul saralab gul sanadi.
Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda chizmoqchi.
Zanjir, sarjin, anjir.
Qurilishga terak kerak, Demak, ekmoq kerak terak.
Tolib turipni tarozida tortib topshirdi.
Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. Oltin o‘tloq – oq o‘tloq.
Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatla- rini hisobga olish muhimdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat ertaklar bilan tanishtirish avvalombor ularni asosli ravishda tanlash, eng ahamiyatli so‘zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi, ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Bolalarga monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni nima- lardan iborat?
Uning vazifalari haqida ma’lumot bering.
Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar qanday tashkil etiladi?
Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar tuzila- yotganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Dostları ilə paylaş: |